Get Mystery Box with random crypto!

#repost #kumushqish Kumush qish o’z ziynati, qalin qor bilan | Alisher Sadullaev

#repost #kumushqish

Kumush qish o’z ziynati, qalin qor bilan keldi. Bunday ob-havo zavq ulashishi bilan, ko’pchiligimiz uchun ma’lum qiyinchiliklarni ham yuzaga keltirdi. Sovuqdan saqlanish, yo’llarda ehtiyot bo’lish va umuman juda ko’plab maslahat hamda ehtiyot choralari internet tarmoqlarida aylandi. Biz ham jamoamiz bilan obodonlashtirish tizimidagi hamkasblarimizga yordam berish maqsadida hech bo’lmaganda o’z ishxonamiz atrofidagi qorni kurab, piyodalar uchun qulay yo’l ochib, qor bosib qolgan daraxtlarni tozaladik. Umid qilamizki, ushbu tashabbus tizimdagi hamkasblarimiz va internet faollari tomonidan ham qo’llab-quvvatlanadi.

@alisher_sadullaev