Get Mystery Box with random crypto!

Xalqaro imtihon tizimlari: 2020-yil IELTS bo'yicha qaysi hudud | Alisher Sadullaev

Xalqaro imtihon tizimlari: 2020-yil IELTS bo'yicha qaysi hududlar eng ko'p kompensatsiya olgan?

2021-yilda ishga tushgan IELTS, TOEFL, GMAT, GRE, SAT kabi xalqaro imtihon tizimlari kompensatsiyasi haqida yozgandim. Tahlillarimizga ko'ra, IELTS bo'yicha eng ko'p kompensatsiya olgan yoshlar Toshkent shahariga, keyingi o'rinlar esa Farg'ona va Buxoro viloyatlariga to'g'ri kelmoqda.

Shu o‘rinda xorijiy tillarga o‘qitadigan repetitorlar va o‘quv markazlarga aytmoqchimanki, mana shu tizim haqidagi xabarni ko‘proq yoshlarga, o‘quvchilaringizga yetkazishda yordam bering. Bu imkoniyat bilimli, salohiyatli yoshlar uchun yaratilgan, undan yoshlarimiz foydalanishlari kerak.

Eslatib o'taman, 2022-yil, 1-yanvardan arab, xitoy, fransuz, rus, ispan, koreys, yapon, italyan, turk va nemis tillari bo‘yicha 13 ta xalqaro imtihon tizimlarida ham yuqori natijaga erishgan yoshlarning imtihon xarajatlarini kompensatsiya qilib berish tizimi ishga tushgan.

@alisher_sadullaev