#repost Kanalimizda “2022-yilda yoshlar uchun qanday yangi i | Alisher Sadullaev
#repost
Kanalimizda “2022-yilda yoshlar uchun qanday yangi imkoniyat va tizimlar ishga tushishidan xabaringiz bormi?”deb nomlangan so’rovnoma tashkil qilgan edik. Natijalarga ko’ra, so’rovnomada jami 21495 nafar foydalanuvchilar ishtirok etishgan. Respondentlarning 62%, ya’ni 13361 nafari“afsuski, hozircha bilmayman” variantini tanlashgan, qolgan 8135(38%) nafar respondentlarmos ravishda “qisman xabarim bor” va “barchasidan xabardorman!” variantlarini tanlashgan.
Tahlillardan so’ng yangi imkoniyatlarni kengroq targ’ibot qilish va OAV bilan hamkorlikni kuchaytirishga ehtiyoj borligi ma’lum bo’ldi. Shuningdek, bugundan boshlab (kechroq) agentlik va shaxsiy sahifalarimda yangi imkoniyatlarni kengroq targ’ib qilishni reja qilib oldim. Yoshlardan esa, albatta, ushbu imkoniyatlardan foydalanib ko’rishlarini undan foydalanishdagi noqulayliklar va tajribalarini bo’lishishlarini so’rab qolaman!
Bir yoshning jamiyatga oid fikr, qarash va harakatlari haqida. • Yoshlar ishlari agentligi direktori. • Oliy Majlis Senati a’zosi. • O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi. Ijtimoiy tarmoql...