Get Mystery Box with random crypto!

Hududlardagi xizmat safarlarimizda asosan «Yoshlar daftari»dag | Alisher Sadullaev

Hududlardagi xizmat safarlarimizda asosan «Yoshlar daftari»dagi yoshlarga berilayotgan imkoniyatlarning ijrosi, yoshlarning muammolari, xato-kamchiliklar va daftardan chiqarishdagi ayrim koʻzboʻyamachiliklarni oʻrganamiz. Bugun xizmat safariga chiqishimizni e’lon qilganimda qiziq holatga duch keldim, aslida bu men uchun takrorlanuvchi holat, tez-tez shunaqasi ham bo‘lib turadi.

Telegramda Jahongir Xushboqov ismli do‘stimizning yozganlarini o‘qib qoldim. Biz doim tanqidlarga, takliflarga ochiqmiz. Jahongirning yozganlarini o‘qib, uning oldiga borishga qaror qildik.

Haqiqatan ham talabchan va tashabbuskor tadbirkor ekan. Koʻp qavatli uylarning yertoʻlasida namunaviy qilib oʻzining startapini boshlagan. Bunaqa yigitlarni qo‘llab-quvvatlash — bizning asosiy vazifamiz. Jahongir moddiy qiyinchiliklarga duch kelgan yoshlarni o‘qitib beradigan, biz esa ularning xarajatlarini qoplab beradigan boʻldik. Kichik kutubxona tashkil qilib, shahar miqyosida olimpiada tashkil etishga ham kelishib oldik.

@alisher_sadullaev