Get Mystery Box with random crypto!

Bugun, 12-dekabr, soat 22:50 holatiga ko‘ra, yoshlarforumi.uz | Alisher Sadullaev

Bugun, 12-dekabr, soat 22:50 holatiga ko‘ra, yoshlarforumi.uz platformasi orqali 7019 ta taklif kelib tushdi. Ayni vaqtda yoshlardan takliflar kelishi davom etmoqda. Eslatib o‘taman, takliflar qabuli bugun soat 00:00da yakunlanadi.

O‘z takliflaringizni platformadan toping, taklifingizni qo‘llab-quvvatlashlari uchun harakat qiling. Takliflari eng ko‘p qo‘llab-quvvatlangan yoshlarga tez orada Respublikadagi «O‘zbekiston yoshlari forumi»ga taklif etilgani to‘g‘risida elektron tarzda xabarnoma yuborishni boshlaymiz.

Bundan tashqari, har bir viloyatda ham yoshlar forumi bo‘lib o‘tadi. Hududlarda ham sizda ishtirok etish imkoni bo‘ladi.

@alisher_sadullaev