Get Mystery Box with random crypto!

* * * Meni men istagan o’z suhbatig’a arjumand etmas, Meni is | Alisher Navoiy g'azallari va ruboiylari

* * *
Meni men istagan o’z suhbatig’a arjumand etmas,
Meni istar kishining suhbatin ko’nglim pisand etmas.

Ne bahra topqomen andinki, mendin istagay bahra,
Chu ulkim bahrai andin tilarmen bahramand etmas.

Netay huru pari bazminki, qatlim yo hayotimg’a
Ayon ul zahr chashm aylab nixon, bu no’shxand etmas.

Kerakmas oy ila kun shaklikim, husnu malohatdin,
Ichim ul chok- chok etmas, tanim ul band- band etmas.

Kerak o’z chobuki majnunvashi qotil shiorimkim,
Buzug’ ko’nglimdin o’zga yerga javloni samand etmas.

Ko’ngul uz charx zolidin, firibin yemakim, oxir
Ajal sarrishtasidin o’zga bo’ynung’a kamand etmas.

Ul oy o’tlug’ yuzun ochsa, Navoiy tegmasun deb ko’z,
Muhabbat tuxmidin o’zga ul o’t uzra sipand etmas.

Kanalga kirish