Get Mystery Box with random crypto!

#Gazal Ey, mugʻanniy, yor bazmida navo soz aylasang, Jon fido | Alisher Navoiy g'azallari va ruboiylari

#Gazal

Ey, mugʻanniy, yor bazmida navo soz aylasang,
Jon fidong oʻlsun gʻamim sharhidin ogʻoz aylasang.

Uddek kuymakligim sharh et lisoni hol ila,
Nagʻmada udung lisonin sehripardoz aylasang.

Oʻzga olamdin xabar deb bizni tirguzdung ne tong,
Bu risolat birla gar izhori iʼjoz aylasang.

Rozim ar sozing lisonidin baʼid ul-fahm esa,
Anga ruhafzo unungni dogʻi hamroz aylasang.

Otlanib, boshimni raxshingning ayogʻi ostigʻa,
Tigʻ birla solgʻudek masti sarandoz aylasang.

Parda yop roz uzrau doxil boʻl ushbu bazm aro
Kim, erur xorij agar beparda pardoz aylasang.

Chekmading lahne Navoiy koʻnglun istab, ayb emas,
Anglab oʻzungni, navo ahligʻa shahnoz aylasang.

Kanalga kirish