Get Mystery Box with random crypto!

Bilim yetishmayotganini his qilganim uchun ilm olaman. - Bir | Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Bilim yetishmayotganini his qilganim uchun ilm olaman.

- Biror bir amalning joiz yoki nojoizligini bilmay qolganimda;
- Ish jarayonida tug‘ilgan muammoni hal qilishda tajribam kamlik qilganida;
- Savol berilganda, asli oddiy bo‘lsa-da javob berolmaganimda;
- Qaror qabul qilish payti yo‘llardan birini tanlashda bilimimga emas, xom tavakkalga asoslanganimda...

Har doim mana shunday vaziyatga tushsam, ilm olish uchun motiv paydo bo‘ladi va olishga harakat qilaman.

Umuman ilm olmaydigan insonlar haqida o‘ylasam, hayron qolaman. Ular o‘zlarida hamma bilim yetarli deb hisoblaydimi shunda yoki boshqa sabab bormi?

@AliMuhammad_Hasan