Get Mystery Box with random crypto!

Siz hech qachon 100% tayyor bo'lmaysiz! Juda kuchli motivatsi | Ali Muhammad Hasan | Rasmiy Blog

Siz hech qachon 100% tayyor bo'lmaysiz!

Juda kuchli motivatsiya olishadi, kimdandir, qayerdandir, balkim audio yoki videodan.
Va bo‘ldi men ertadan butkul o‘zgaraman deyishadi.

Ertadan vaqtli turaman, badantarbiya bilan shug‘ullanaman, kitob o‘qiyman, insonlarga yaxshilik qilaman, o‘z ustimda ishlayman va yomon odatlarimni tark qilaman va hokazo va hokazo.

Ammo erta keladi, u o‘zgartirishi kerak bo‘lgan kunning boshida, qilishi lozim bo‘lgan vazifalarni ko‘pligini ko‘radi va bo‘ldi, tamom. "Ko‘z qo‘rqoq" degan maqol isbotini shu yerda ko‘rasiz.

U harakat qilib ham ko‘rmay, "Buncha ko‘p vazifalarni bajara olmayman, men buni eplay olmayman", degan qarorga keladi.

Tilida emas ongida! Ammo siz bilan bunday hodisa sodir bo‘lmasligi uchun siz bir narsani unutmang. Insonda hech bir yaxshi yoki yomon odat birdan shakllanib qolmagan.
Buning uchun ma'lum vaqt, hafta, oy yoki oylar ketadi. Sizda agarda o‘zingizga yoqmaydigan va muvaffaqiyatdan to‘sadigan odatlaringiz bo‘lsa, ularni hech qachon bitta treningda qatnashib, yoki bir kun o‘z ustingizda ishlab o‘zgartirib yubora olmaysiz. Buning uchun doimiylik zarur.
Har bir odat ustida alohida ishlang!
Ega bo‘lish yoki qutilish uchun!

Siz hech qachon 100% tayyor bo'lmaysiz! Shuning uchun tayyor bo’lmasdan avval ham boshlayvering.

Bir yaxshi gap bor “Sen shunchaki bajar so’ngra u senga odat bo’ladi”

@AliMuhammad_Hasan