Get Mystery Box with random crypto!

Ish beruvchilar uchun eng talabgor dasturlash tillari Bu soha | Alimardon Toshpo'latov | Blog

Ish beruvchilar uchun eng talabgor dasturlash tillari

Bu sohada Python va JavaScript eng ommabop dasturlash tili bo'lib qolmoqda, ammo ish beruvchilar orasida aynan ularga talab u darajada yuqori emas, deb yozadi ZDNet. “Hired” kompaniyasining ma'lumotlariga ko'ra, 2019-yilda ish beruvchilardan Go, Scala va Rubyni biladigan dasturchilar eng ko'p taklif oldilar.

Go ko'nikmalariga ega bo'lgan mutaxassislar har 2-6 haftada o'rtacha 9,2 marta, Scala 8,5, Ruby 8,2 va TypeScript 7,9 marta ishga olish oldidan suhbatlarga taklif qilindi.

Dasturchilarga bo'lgan talab darajasi, shuningdek, ularning ish tajribasini ham istisno qilmadi. Masalan, eng talabgor mutaxassislar 4-6 yillik tajribaga ega Go, 6-10 yillik tajribaga ega Rubi dasturchilari bo'ldi. 10 yildan ortiq tajribaga ega dasturchilar esa, agar ular Scala va Go'ni bilsalar, suhbatga ko'proq taklif etildilar.

Lekin yuqorida keltirilgan dasturlash tillari dasturchilar orasida u qadar mashhur emas. So'rovda qatnashganlarning 63 foizi JavaScript, 44 foizi Python, 38 foizi Java tillarini afzal ko'rishni yozishgan. Kotlin va Objective-C eng kam ommalashgan, Ruby va PHP dasturchilar orasida eng sevimli tillar ro'yxatida.

#Dasturlash_tillari

@alimardon_blog