Get Mystery Box with random crypto!

Talabalar uchun yana bir qulaylik Endilikda siz My.gov.uz po | Alibek Abdumalikov

Talabalar uchun yana bir qulaylik

Endilikda siz My.gov.uz portali orqali oʻqish joyingizdan maʼlumotnoma olishingiz mumkin va bu albatta internet orqali ishni oson kechishini taʼminlaydi.


"Oʻqish joyidan maʼlumotnoma olish (https://my.gov.uz/uz/service/323)" xizmati:

• mutlaqo bepul;
• elektron imzo talab etilmaydi;
• toʻliq avtomatlashgan (inson omilisiz);
• hujjatlar repozitoriysida saqlab qoʻyish imkoniyati bor.

Oliy ta'lim muassasasi tomonidan
talaba.edu.uz ma'lumotlar bazasiga kiritilayotgan talabalar to'g'risida ma'lumotlar my.gov.uz yagona davlat interaktiv xizmatlar portali bilan integratsiya qilingan. Agar sizda o'qish joyidan ma'lumotnoma olish xizmatida ma'lumotlaringizni olish imkoniyati mavjud bo'lmasa tahsil olayotgan oliy ta'lim muassasangizga murojaat qilishingiz mumkin.

t.me/alibek_off