Get Mystery Box with random crypto!

Ramazon oyidagi amallar Har yili butun musulmonlar orasida | Algorithm Gateway LLC

Ramazon oyidagi amallar

Har yili butun musulmonlar orasida Ramazon oyi va bayrami keng nishonlanib kelinadi. Bu oydagi amallar, savob-u hasanotlar talaygina bo'lib, ularga bir qancha yo'llar bilan erishamiz.

Bu ulug' oyning, dastlabki 10 kunida bandaning xatolari kechiriladi, keyingisida u uchun rahmat eshiklari ochiladi va so'ngi 10 kunligida jahannamdan ozod qilinadi. Ramazonning ustunliklaridan yana biri unda banda ming oyga teng bo'lgan Qadr kechasini topishidir.

Ushbu oyda kishi ovqatlanishda sabrli bo'lishi, kun va tunlarini ibodatda o'tqazishi bilan g'alaba qozonadi. Chunki u qaysidir ma'noda shayton va nafs bilan insonning jangi hisoblanadi.

Shunday ekan, bu oyda barchamiz aktiv bo'lib, bo'lg'usi, davomli yaxshi amallarimizni boshlashga kirishaylik!

Ramazonning birinchi jumasi muborak bo'lsin. Tutayotgan ro'zangiz-u, o'qiyotgan namozlaringizni Alloh qabul aylasin!

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook