Get Mystery Box with random crypto!

OCHIQ DARS #Tibbiyot Аlfrаgаnus universitetining Tibbiyot fa | ALFRAGANUS UNIVERSITY

OCHIQ DARS #Tibbiyot

Аlfrаgаnus universitetining Tibbiyot fakulteti dotsenti, tibbiyot fanlari nomzodi Ibragimxodjayev Bahodir Ubaydullayevich boshchiligida “Tibbiy biologiya umumiy genetika” fani bo`yicha “Ekologiya”, “Global ekologiya”, “Odam ekologiyasi”, “Adaptiv tiplar”, “Genetik monitoring” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.

Tibbiyot fakultetida tashkil etilgan ochiq darsga tashqi ekspert sifatida O‘zbekiston Milliy universitetining “Ekologiya, ekologik monitoring” kafedrasidan dotsent O`tkir Abduhalilovich Nabiyev taklif etildi.

Unda ishtirok etgan o`qituvchilar ham soha bo`yicha o`zlari qiziqtirgan savollariga javob oldilar. O`qituvchilarning samarali dars o‘tish metodlari bo‘yicha o‘zaro dars almashishda ochiq darslar muhim ahamiyatga ega.

AFU rasmiy sahifalari
Telegram Facebook Instagram Twitter YouTube web-sayt