Get Mystery Box with random crypto!

#REKTOR_QUTLOVI Assalomu alaykum, qadrli Alfraganus universit | ALFRAGANUS UNIVERSITY

#REKTOR_QUTLOVI

Assalomu alaykum, qadrli Alfraganus universiteti oilasi va hurmatli oilamizning hamkor do’stlari!

Shukronalik, yangi hayot, yangi orzular bayrami - Navro’zi olam muborak bo’lsin.

Qalblarimizga umid va quvonch to‘ldirib kelgan mana shunday dilbar lahzalarda barcha professor-o’qituvchilarimizni, talaba yigit-qizlarimizni qolaversa, barcha yaqin hamkorlarimizni Navro’z tashrifi bilan samimiy qutlayman.

Sharqona yangi yilimiz qutlug’ bo‘lsin! Shunday munavvar ayyomga oilamiz bilan, el-yurtimiz bilan sog‘-omon yetganimiz uchun, avvalo, Yaratganimizga shukronalar aytamiz. Qalbimizdan bahor nafasi, kayfiyati aslo ketmasin. Oilaviy tinchlik, xotirjamlik, dasturxonimizga qut-baraka tilayman! Yurtimiz yanada taraqqiy etsin, xalqimiz hamisha farovon yashasin!

Hurmat bilan,
Alfraganus universiteti rektori
M.M.Maxmudov

AFU rasmiy sahifalari
Telegram Facebook Instagram Twitter YouTube web-sayt