2023-02-23 13:25:42
Juda sog'indim ..
Tong saharlab uyg'onib, uydagilar uchun saharlik tayyorlashimizni
Dasturxon tuzab, birga suhbatlashib tamaddi qilishimizni
"Televizorni qo'y, falon kanaldan Shayximizning ma'ruzalari beradi" deyishlarini
"Qarachi, necha daqiqa qolibdi?" Deb so'rashlarini
"Taqvim kitobchasini qayerga qo'ygandik?" Deb izlashimizni
Sal o'tib, boshqa birov telefonidan vaqtni topib aytishini va qayta o'tirib
"Ol, suv ichib ol, hali kun uzoq, chanqab qolasan, u bu yesangchi" deyishlarini
Eh, sog'indim sog'indim...
8 viewsGulnoza, 10:25