Get Mystery Box with random crypto!

Kristiano Ronaldo, Lionel Messi - Ushbu nomlarni eshitganingiz | Al-Nur.uz📚📈💰

Kristiano Ronaldo, Lionel Messi - Ushbu nomlarni eshitganingizda, shubhasiz ularni fudbol qirollari, iste'dod va tinimsiz harakat siymosi sifatida yodga olasiz.

Albert Eynshteyn, Nyuton - Ushbu nomlarni eshitganingizda, shubhasiz bu odamlarni fizika daholari sifatida eslaysiz. Ular ilm va cheksizlik ramzi.

Imom Buxoriy, Termiziy - Ushbu nomlar sizga albatta din yo‘lida umrini baxshida qilgan insonlarni, e'tiqod va Allohga taqvoni yodingizga soladi.

Muhammad Ali, Tayson - Bu nomlar hech shubha yo‘qki, sizga boks afsonalarini, mehnat, og‘riq va g‘alabalarni eslatmoqda.

Bill Geyt, Uorenn Baffet - Bu insonlar esa turgan gapki milliardlarni sizning yodingizga soldi. Ular bo‘lajak milliarderlar uchun ilhom parilari sanaladi.

Endi o‘z ismingizni bir qog‘ozga yozing va o‘ylang: "Mening siymoimda hozir insonlar nimani ko‘rishadi. Va bu dunyoni tark etganimdan so‘ngchi?"

Jamiyatda deyarli hech kim tanimaydigan, oxirat uchun bir ish qilmagan, umri poyoniga yetgach qabr toshidan boshqa hech narsa qolmaydigan insonlar sirasidan bo‘lishni istamasangiz, buni aksini qilishga harakat qiling!

Buni esa shunchaki ilm olishdan boshlang! Hoziroq qaror qabul qiling: "O‘zimdan albatta buyuk nom qoldiraman" deb. Va siz buni uddalaysiz

anzil: @AL-NUR.UZ

https://t.me/joinchat/AAAAAFZ6hP305cl2weDoRQ