Get Mystery Box with random crypto!

Ish topish uchun diplomingga yopishasan. Qiz topish uchun hamm | FASONLAR👗🤍

Ish topish uchun diplomingga yopishasan.
Qiz topish uchun hammani oyoqqa turg‘izasan.
Namozga kelganda, “vaqtim yo‘q”, deysan. Xo‘jayindan uyalasan, ayolingdan uyalasan, qarindoshdan uyalasan, lekin farishtalardan uyalmaysan. Keyin yana:
- «Nega mening muammolarim ko‘p?»
- “Nega ishim yurishmaydi?”
- «Nega pulim hech narsaga yetmaydi?»
- “Nega ruhiyatim cho‘kkan?”
- «Nega duolarim qabul bo‘lmaydi?»
- «Nega faqat mening boshimga musibatlar yog‘ilaveradi?» deysan.
Chunki “Sening namozing yo‘q”!
Koinotdagi eng katta balo eshik qoqib tursa ham sen keraksiz, befoyda narsalarni muhokama qilasan. Yana ustiga-ustak “vaqtim yo‘q”, deysan.

Unutma! Sen Allohga vaqt ajratmaganing uchun, Alloh senga vaqt bermayapti!

@Al_Musabbiha