Get Mystery Box with random crypto!

SAXIYLIKNING DARAJOTLARI – Toʻrt xil saxiylik bor. Bi | Shams Tabriziy

SAXIYLIKNING DARAJOTLARI

– Toʻrt xil saxiylik bor.
Birinchisi – mol saxiyligi, bu zuhd sohiblariga xos. Ular mol berib maʼrifat oladilar.
Ikkinchisi – badan saxiyligi, bu mujtahid olimlarga xos. Ular Alloh taoloning yoʻlida, ilm yoʻlida vujudlarini sarf qiladilar va hidoyatni topadilar. Insonlarga hidoyatda rahbar boʻladilar.
Uchinchisi – jon saxiyligi, bu shahidlarga xos. Ular esa jonlari evaziga jannatni qozonadilar.
Toʻrtinchisi – qalb saxiyligi, bu oriflarga xos. Ular Mashuqaga koʻngillarini berib, Muhabbat oladilar.

– Shams Tabriziy

@Al_Hikmatu