Get Mystery Box with random crypto!

— Meni nima uchun sevasiz?! • Tashqi ko‘rinishim uchunmi? Si | •ᴀʟ ʜᴀʏᴀᴛɪᴍ🤗🦋

— Meni nima uchun sevasiz?!

• Tashqi ko‘rinishim uchunmi?
Siz ko‘rib turgan chehrani bir kun ajin bosadi. Qomatlar bukiladi. Yuzlardan suv, tanamdan go‘sht qochadi..

• Kuch-quvvatim uchunmi?
Bir kun o‘z-o‘zimni-da eplolmay qolishim mumkin..

• Obro‘yim, amalim, boyligim uchunmi?
Sevgingiz shu narsalar kabi omonat bo‘lmasin.!

• Nima uchun?
Qalbingiz uchun, deysizmi?!
Yo‘q-yo‘q, bunga aslo ishonmang. U shu qadar o‘zgaruvchan-ki, unga hatto o‘zim ham ishonmayman..

• Bergan mehrim, shirin so‘zlarim uchunmi?
Kayfiyatga qarab o‘zgaradigan narsalar sevishga arziydimi?!

• Nima uchun axir?!
Vaqti kelib ruhim tanamni tark etsa, bir kun ham kutmay, sasishidan qo‘rqib siz sevgan tanamdan tezroq qutulishingiz - sevgimi?

• Boringizcha sevaman, deysizmi?! Qo‘ying aldamang. Hatto o‘zim o‘zimni sevmayman.
Ba’zan tushunmasdan ranjitsam. Meni tark etgingiz keladi..

• Alloh uchunmi?! Ohh, qiynamang. Bu ulug‘ da’voga ikkimiz ham loyiq emasmiz..

@al_hayatim2