Get Mystery Box with random crypto!

#qarashlarim – Shuncha joyda o'qimoqchisiz, inshaalloh. Nima | Oshiqiy

#qarashlarim

– Shuncha joyda o'qimoqchisiz, inshaalloh. Nima qilasiz yana shu yerga qaytib? O'sha tomonlarda yuro'rmesizmi, ilm markaziyu?

– Hazrat (Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf) bir she'rni yaxshi ko'rar edikan. "Gul bilan suhbat" degan. O'shanda bir bayt bor:

Dedim hosillaring ne qilarsan,
Dedi suv ichgan o'rnimga to'karman.


Gulga aytarkan hosillaringni nima qilasan. Gul: "Suv ichgan o'rnimga to'karman", degan ekan.

Turkiyada ahli ilm yetarli, ilm markazlaridan. Misr ham ilm markazi. Saudiya, Hindiston, Pokiston ham. Lekin, O'zbekistonchi? Bir yarim, ikki asr avval, ilm bulog'i edi. Hozirgi holatimiz orqada. Avvalgi ilm chashmasini tiklashimiz kerak. Tolibi ilmlar, ilmini mukammal qilib qaytishi va bu yerlarga, o'zi olib kelgan ilmlarni yoyishi kerak. Chunki, hamma ham boravermaydi.

Biz ham qaytishimiz. Qaytganda ham, Misr ilmini shu yerda beradigan bo'lib qaytishimiz kerak.

Hamma Allohning roziligini istaydi. Tabiyki, hamma o'z yo'lidan ketadi. Men bu yo'ldan yurishni istadim.

O'zbekistondan tashqarga ilm talab qilib emas. Balki, ilm talab qilib kirishlari kerak. Oqqan daryo, yana o'zanidan oqadi. Mening niyyatim, maqsadim shudir. Daryoga o'z hissamni qo'shsam.

• Oshiqiy