Get Mystery Box with random crypto!

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: “Rasululloh sallalloh | Al_ansoriy🌙

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: “Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir oy o‘z ayollariga yaqinlik qilmayman, deb qasam ichdilar, o‘sha paytda muborak oyoqlari chiqqan edi. Bir xonada yigirma to‘qqiz kun turdilar, so‘ng xonadan chiqib, ayollari oldilariga kirganlarida, “Yo Rasululloh, bir oy yaqinlik qilmayman, deb qasam ichgan edingiz-ku!” - deb aytishdi. Shunda, Rasululloh: “Bu oy yigirma to‘qqiz kundir”, - dedilar”.

#al-jome' as-sahih

@al_ansoriy_01