Get Mystery Box with random crypto!

8-bob. Ro‘za tutgan kishini haqorat qilishsa “Men ro‘zadorman” | Al_ansoriy🌙

8-bob. Ro‘za tutgan kishini haqorat qilishsa “Men ro‘zadorman”, deb aytadimi?

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: “Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deganlar: “Alloh taolo: “Bandalarimning odamlar ko‘zi tushgulik barcha qiladigan ishlari (namoz o‘qishlari, xayr-ehson qilishlari, zakot berishlari) o‘zlari uchundir, tutadigan ro‘zalari esa, men uchundir (Xudo uchun bo‘lmaganda edi, yashirincha yeb-ichib olish mumkin edi, chunki uni hech kim ko‘rmaydi), binobarin, uning mukofotini o‘zim beraman”, - deydi. Ro‘za do‘zax o‘tidan saqlovchi vositadir, agar sizlardan birortangiz ro‘zador bo‘lsangiz, gunoh bo‘ladigan so‘zlarni so‘zlamang, birov bilan janjallashmang, agar birov haqorat qilsa yoki urushsa, men ro‘zadorman, deb ayting. Allohga qasam ichib ayturmanki, ro‘zadorning og‘zidan keladigan bo‘y Allohning nazdida mushkdan ham xushbo‘yroqdir! Ro‘zador ikki bor xursand bo‘lar, biri - og‘iz ochganda (ya’ni, iftor qilganda), ikkinchisi - ro‘za tutib, yorug‘ yuz bilan Allohga yo‘liqqanda!”

#al-jome' as-sahih

@al_ansoriy_01