Get Mystery Box with random crypto!

#ww3 #yadroviy_urush 3-jahon urushi Yadro urushi xavfining q | Qoralama daftar

#ww3
#yadroviy_urush

3-jahon urushi

Yadro urushi xavfining qayta tiklanishi munosabati bilan gʻarbliklar SSSRʼning Gʻarbiy Yevropani bosib olish boʻyicha soʻnggi rejalarini esga olmoqda. SSSR nima uchun bunday reja tuzgandi?

1983-yilda, AQSH-SSSR munosabatlari qaltis nuqtaga kelgan paytda amerikaliklar ikki davlat oʻrtasida yadroviy urush oqibatlarini taxminiy hisoblab chiqqan. Unga koʻra, yadroviy zarbalar almashinuvi oqibatida 100 mlngacha SSSR, 80 mlngacha AQSH fuqarosi halok boʻladi.

Moskvadagilar yadroviy urush sharoitida SSSRʼni saqlab qolishning yagona yoʻli tank zarbalari yordamida Gʻarbiy Yevropani tezda egallab olish deya hisoblagan (shu sabab ham SSSR’da tank sanoati ancha rivojlangan). Oʻshanda amerikaliklar bu yerdagi bazalaridan foydalana olmaydi va SSSR hududini bombalay olmaydi deya ishonilgan.

Kreml rejasiga koʻra, yadroviy urush yuz berganda SSSR asosiy kuchlar bilan La-Mansh boʻgʻozi va Atlantika okeani tomon harakatlanishi kerak boʻlgan. Bundan maqsad yadroviy zarbalar sabab yaroqsiz holatga kelgan oʻzining shimoliy yerlarni tashlab, Gʻarbiy Yevropada yangi SSSRʼni tashkil etish boʻlgan.

Bu haqda, SSSRʼning AQSHʼdagi elchisi (1962-1986 yillarda) Anatoliy Dobrinin oʻz xotiralarida yozib qoldirgan.

@Akramov_Azamatjon