Get Mystery Box with random crypto!

GAPIRISH BO‘LIMI (SPEAKING) Og‘zaki nutq bo‘limining maqsadi | Multilevel ga Akmalxon Naimov bilan

GAPIRISH BO‘LIMI (SPEAKING)

Og‘zaki nutq bo‘limining maqsadi nomzodning fikrini chet tilida og‘zaki tarzda to‘g‘ri va ravon ifodalay olish qobiliyatini tekshirishdir. Ushbu bo‘lim uchun ajratilgan vaqt 15 daqiqani tashkil etadi.

1-QISM (1-6 SAVOLLAR):

shaxsiy qiziqishlarga oid yoki tanish, kundalik mavzularda tayyorgarliksiz suhbat; ommabop masalalar boyicha ma’lumot bera olish va fikrni bildirish. Bunda suhbat tarzida talabgorga kundalik mavzularda, shaxsiy hayotiga oid savollar beriladi va talabgor berilgan savollarga tayyorgarliksiz javob bera olishi lozim.
Bu qism 4 daqiqa davom etadi.

2-QISM (7-SAVOL):

Talabgorga berilgan muammoli vaziyat asosida 2 daqiqali monolog tuzishi talab qilinadi. Talabgor nutqi davomida muammoga o‘z yondashuvi (muammoga yechim)ni ifodalashi kerak. Savollar nomzodning shaxsiy hayotiga oid mavzulardan olinishi kerak.
Talabgorga tayyorgarlik uchun 1 daqiqa vaqt beriladi.

3-QISM (8-12 SAVOLLAR):

Talabgorga 2-qism (monolog) mavzusidan kelib chiqqan holda qo`shimcha savollar beriladi. Talabgorga tayyorgarlik uchun vaqt berilmaydi.

Kanalga ulanish:
@Akmalkhan_Naimov