Get Mystery Box with random crypto!

Onam bilan bugungi suhbatdan parcha... - Assalomu alaykum ona | AkhrorPro Blogi

Onam bilan bugungi suhbatdan parcha...

- Assalomu alaykum onam, yaxshimisiz, ahvoliz yaxshimi?

- Va alaykum assalom, Alhamdulillah rahmat bolam yaxshiman, oʻzing tinchmisan?

- Ayyom muborak boʻlsin onam. Hayrli va barokotli boʻlsin.

- Rahmat bolajonim, oʻzinga ham. Juda hursand boʻldim oʻgʻlim. Rahmat...

- Nimadan buncha hursandsiz onam?

- Bu nomozxon oʻgʻlim anchadan beri Juma ayyomi bilan tabriklamay qoʻygandi. Bugun oʻzi qoʻngʻiroq qilib tabrikladida, shunga hursandman nomozxonim bolam.

- Voy onamey, hafa boʻlmang, bu nomozxon oʻgʻliz dunyoga berilib kettida ona. Hich eslamay qoʻydi sizni.

- Dunyoga berilma bolam. Oʻzingni ehtiyot qil. Baxtimizga sogʻ boʻlsang bas.

- ...

P.s: Onalarimiz omon boʻlishsin. Alloh panohida saqlasin.

@akhrorpro_blogi