Get Mystery Box with random crypto!

1 sentyabr - mustaqil O'zbekiston Respublikamizning tug'ilgan | AKFA Medline 🏨

1 sentyabr - mustaqil O'zbekiston Respublikamizning tug'ilgan kuni!

31 yildan buyon o'zbek xalqimiz dono va adolatli yurtboshining boshchiligida o'z tarixini yaratmoqda.

Mustaqillik biz uchun hayotimizning ma’no-mazmunini butunlay o‘zgartirgan, tariximizda yangi sahifa ochgan buyuk voqea bo‘lib, Vatanimizni, xalqimizni milliy demokratik davlat qurish, barcha mamlakatlar va xalqlar bilan teng bo‘lib, farovon hayot barpo etish yo‘lini ochib bergani bilan qadrli va mo‘tabardir.

Ushbu tantanali kunda AKFA Medline tibbiyot markazi jamoasi har bir fuqaroni yuragida vatanparvarlik tuyg'ulari jo'sh urishini, Vatanni faqat shiorlar bilan emas, balki har qanday vaqtda Vatan uchun fidoyiliklarga tayyor bo'lishini tilab qoladi.

Ota-bobolarimizning shonli an'analari yosh avlodning taraqqiyoti, umumbashariy farovonligi va ulkan yutuqlari uchun yangi g'oyalari bilan chambarchas bog'lansin.
#akfamedline #salomatlik #ishtartibi #bayram #1sentyabr