Get Mystery Box with random crypto!

100 nafar farzandlarimiz yuragi endi sog`lom urmoqda!!! Maml | AKFA Medline 🏨

100 nafar farzandlarimiz yuragi endi sog`lom urmoqda!!!

Mamlakatimizda ko`p farzandli, boquvchisini yo‘qotgan 80 mingdan ortiq oilalar bor. Ularning juda ko`p qismi murakkab operatsiyalarga muhtoj.

“SEN YASHAYSAN” aksiyasi avvalo mehr-oqibat, yaqinlarga cheksiz mehr-muruvvat ko'rsatishning namunasidir.

"SEN YASHAYSAN” aksiyasi bu o`lim yoqasida turgan farzandlarimiz uchun - erkin yashamoq, orzu qilmoq va ularni amalga oshirmoq uchun imkoniyatlar eshigidir.

Biz ushbu yilda 100 nafar bolalarimizning yuragini sog`lom urishiga sababchi bo`ldik.

Yurtimizning Mustaqillik bayrami munosabati bilan aksiyamizni davom ettiramiz va yana 31 nafar bolalarga Bepul amaliyot ko`rsatamiz.

Aksiyamizga tanlov joriy yilning 5-sentyabridan boshlanadi.

Ushbu yil aksiyamizda ishtirok etganlar avtomatik ravishda aksiyamiz qatnashchilariga aylanadilar.

Murakkab operatsiyalar uchun homiylik qilishga tayyor bo'lganlar soni ortib borayotganidan xursandmiz. Yordamga muhtoj bo'lganlarning g'amiga befarq bo'lmagan insonlarni Robbimiz mukofotlasin.

Batafsil ma'lumotni quyidagi raqamlar orqali bilib olishingiz mumkin:
1141 yoki 71 2033003
Olmazor tumani, Kichik halqa yo'li ko'chasi, 5А
“Beruniy” metro bekati
www.akfamedline.uz
#akfamedline #senyashaysan #davolash #kardioxirurgiya #bolalar #yurak #davolash
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook