Get Mystery Box with random crypto!

Bir kuni daraxt arralash boʻyicha musobaqa oʻtkazilibdi. Unda | Akbar Ahmadjonov | Blog

Bir kuni daraxt arralash boʻyicha musobaqa oʻtkazilibdi. Unda yosh va yoshi katta va koʻnikmalarga ega oʻtinchi qatnashibdi.

Yosh oʻtinchi kechgacha toʻxtamasdan daraxt arralabdi. Raqibi esa har soatda 10 daqiqaga ishni toʻxtatar ekan. Yosh oʻtinchi ich-ichidan yutganini his qilardi. Musobaqa yakunida yosh oʻtinchi katta farq bilan yutqazibdi.
Shunda u raqibidan soʻrabdi: " Sen har soatda 10 daqiqa dam olding, men toʻxtamasdan ishladim. Nega shunda ham sen gʼolib boʻlding?"
Raqibi javob beribdi: "Men har soatda 10 daqiqani dam olishga emas, arraning tishini oʻtkirlashga sarfladim!"

Qissadan hissa shuki, faqat taʼlim olishning oʻzi yetarli emas. Olgan taʼlimni "tishini oʻtkirlash"ni ham yoddan koʻtarmaslik zarur!
Ruslarda bir gap bor "Повторение - мать учение" .

Olgan bilimingizni takrorlashni, uni mustahkamlashni kanda qilmang

Manba: ' '

@akbarahmadjonovv