Get Mystery Box with random crypto!

​​​​​​ Tushish ham bir imkoniyat Yashar ekanmiz, ba’zi vaqtla | Akbar Yarashbaev

​​​​​​ Tushish ham bir imkoniyat

Yashar ekanmiz, ba’zi vaqtlarda qalbimiz notinch, motivatsiyamiz yo’q bo’lib turadi. Bunday holat kimlardadir 1-2 kun davom etsa, boshqalarda bir necha oylarga ham cho’zilishi mumkin. Lekin, deyarli barchamiz bu “tushish”ga ikki xil yondashamiz:

1. “Endi tamom, oldingi kabi oldinga rivojlanishga qaytolmayman”, “Men unday shaxs bo’lolmas ekanman”, “Men bu ishni qilolmas ekanman” singari umidsizlik, o’zga bo’lgan ishonchning doimiy pastlab borishi va yakunda baxtsiz yashash;

2. “Xato qildim, tavba qilaman, Robbim, o’zing gunohlarimni kechir va bu adashuvga yana qaytmaslikka kuch-quvvat bergin”, “Bu gal o’xshamadi, lekin kelasi safar bundan yaxshiroq bo’ladi, albatta”, “Hozir zaiflik qilayotgandirman, lekin men albatta shu inson kabi bo’laman” kabi hayotga qayta ishonch, yanada ko’proq g’ayrat bilan qaytish;

Birinchi yondashuv bizni rivojlanishdan to’sadi, umidsizlantiradi va oddiy tarzda yashashga mahkum qiladi. Ikkinchi yondashuv bizni avvalgidan kattaroq maqsadlarga intilishga, ko’proq mehnat qilishga undaydi.

Bu borada Ustozimning nasihatlari xech yodimdan chiqmaydi: “Tikan hammamizga kiradi, lekin biz uchun muhimi u tikanni sug’urib olish, unga malham qo’yish va yo’lda yana davom etishdir.”

@akbar_yarashbaev