Get Mystery Box with random crypto!

YODINGDAMI… Yodingdami suhbatlarimiz, Ko’zlaringa termulardi | Akbar_Ravshanov

YODINGDAMI…

Yodingdami suhbatlarimiz,
Ko’zlaringa termulardim jim.
So’zlaringni ovozlaringni,
Kulgularing maftuni edim !

Yodingdami yelib oshiqib,
Jonim desam qushdek ucharding,
Erkalasam jilmayib boqib,
Yerga qarab kulib turarding.

*******
Oychi?
Esla,
Yodingdami Oy,
To’lin bo’lib bizga boqardi,
Qo’ling tutib ko’zlaring yumsam,
Senga juda juda yoqardi.



Yodingdami o’sha sirli tun,
Yulduzlarning shivir-shiviri.
Seni bir bor ko’rmoqlik uchun,
Telba bo’ldim o’shandan beri.

Kechagina tuyg’ulardan lol,
Sarhush edik telba devona.
Hammasidan kechdik bemalol,
Begonamiz endi… Begona !

***
Oychi?
Esla,
Yodingdami Oy,
To’lin bo’lib bizga boqardi,
Qo’ling tutib ko’zlaring yumsam,
Senga juda juda yoqardi.



Qo’ling tutib ko’zlaring yumsam,
Senga juda juda yoqardi.

—————————————————

Nomi:Yodingdami
She’r muallifi: Malika Tavfiq
Ijrochi: Akbar Ravshanov
Aranjirovka: Alisher Qayumov