Get Mystery Box with random crypto!

Magistraturada tahsil olayotgan barcha qizlarning kontrakt pul | Akam - Onlayn testlar

Magistraturada tahsil olayotgan barcha qizlarning kontrakt puli toʻliq byudjetdan qoplanadi, ayollar uchun alohida universitet ochiladi.

Bugun Xalqaro kongress markazida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan davlat rahbari, xususan, quyidagilarni ta’kidladi:

Kelgusi oʻquv yilidan boshlab magistraturada tahsil olayotgan barcha qizlarning kontrakt pullarini byudjetdan toʻliq qoplash uchun har yili 200 milliard soʻm ajratiladi;

2022-2026-yillarda Xotin-qizlar ta’limini qo‘llab-quvvatlash milliy dasturi doirasida Toshkent shahrida xotin-qizlar uchun alohida universitet va kollejlar tashkil etiladi;

Barcha talabalarga taʼlim shartnomalarini toʻlash uchun 7 yil muddatga foizsiz kreditlar beriladi.

Do'stlaringizga ulashing
@Akamuz