Get Mystery Box with random crypto!

# 9-SINF BITIRUVCHILARI DIQQATIGA !!! Hurmatli 9-sinf bitiru | ToshDO'TAU akademik litseyi Matbuot xizmati

# 9-SINF BITIRUVCHILARI DIQQATIGA !!!

Hurmatli 9-sinf bitiruvchilari va ularning ota-onalari, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti akademik litseyida 2022-yil 13-, 14-, 15-, 16- iyul kunlari akademik litsey uchun Saralash imtihonining 1-bosqichi DASTLABKI YOZMA IMTIHONI o'tkaziladi.
Dastlabki yozma imtihonlar ALISHER NAVOIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT O'ZBEK TILI VA ADABIYOTI UNIVERSITETI AKADEMIK LITSEYI binosida bo‘lib o‘tadi.

Imtihon ishtirokchilari uchun muhim eslatmalar:

O‘quvchilar 13-, 14-, 15-, 16-iyul kunlari yuqoridagi BELGILANGAN GRAFIK asosida akademik litsey binosiga soat 8:30 dan kechikmasdan, oʼquvchi formasida yetib kelishlari;

O‘quvchilar o‘zi bilan litsey.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabinetiga yuborilgan imtihonga qatnashish ruhsatnomasi, shaxsini tasdiqlovchi hujjat asli (tug‘ilganlik haqida guvohnoma yoki ID karta)ni olib;

Sanitariya va gigiyena qoidalariga amal qilgan holda kelishlari kerak.

Dastlabki yozma imtihon 2022-yil 13-iyuldan 16-iyulgacha 1 smenada bo‘lib, soat 9:00 da boshlanadi.

Dastlabki yozma imtihonlarida barcha 9-sinf bitiruvchilariga omad tilaymiz !

Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Bog‘ibo‘ston (sobiq Salomatina) ko‘chasi 62-uy.

Jamoat transportlari: 2, 9, 18, 32, 33, 38, 57, 58, 69, 80, 94, 114, 126, 140

Mo‘ljal: Muqimiy ko‘chasi- “Sim-Sim” restorani bekati, Shota Rustaveli ko‘chasi-Fregat kafesi.

Qo‘shimcha savollar bo‘lganida akademik litseyning 71 253-94-36, 71 253-94-37 raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin !!!