Get Mystery Box with random crypto!

#taqdirlash_marosimi_2022 2022-yilning 4-iyulida Alisher N | ToshDO'TAU akademik litseyi Matbuot xizmati

#taqdirlash_marosimi_2022

2022-yilning 4-iyulida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti akademik litseyi 2021/2022-o'quv yili bitiruvchilarini diplom bilan taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Taqdirlash marosimida diplomlar o'z egalariga akademik litsey direktori B.Q.Adizov hamda mehmonimiz Alisher Navoiy nomidagi ToshDO'TAU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha vaqtincha prorektori, filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) N.Jo'raqo'ziyev boshchiliklarida topshirildi.

Mazkur jarayonda bitiruvchi o'quvchilar bilan birgalikda ota-onalar ham ishtirok etishdi va farzandlarining quvonchiga sherik bo'lishdi.

Bitiruvchilarimizga kelgusi hayotlarida zafarlar tilab qolamiz! Har biringizga nufuzli OTMlar talabasi bo'lish baxti nasib qilsin!

https://t.me/akademik_litsey_matbuot_xizmati