Get Mystery Box with random crypto!

Insonga berilgan ne’matlar, imkoniyatlarning eng bebahosi va q | AJR LOYIXASI

Insonga berilgan ne’matlar, imkoniyatlarning eng bebahosi va qadri balandi bu – vaqtdir. Vaqtning qiymatini, javobgarligini his qilish uchun ushbu hadis kifoya qiladi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bunday deganlar: “Qiyomat kunida bandaning qadami to to‘rt narsadan so‘ralmaguncha joyidan jilmaydi: umrini qanday o‘tkazgani, yoshligini nimaga sarflagani, molini qayerdan topib, qayerga sarflagani va ilmiga qay darajada amal qilgani haqida” (Imom Termiziy rivoyati)
Hadisga e’tibor bering: qiyomat kunida bandadan eng avval so‘raladigan to‘rt ne’matning avvalgi ikkitasi aynan vaqt haqidadir. Umri va yoshligi. Alloh taoloning bandaga bergan behisob ne’matlar ichida eng avvalo vaqt haqida so‘rashining o‘zi ham, bu ne’matning qadri qanchalar ulug‘ligini namoyon etadi.

Kanalimizga Ulaning!


https://t.me/joinchat/AAAAAEbsxMA6iWApA1l2bg

+A'zo Bo'ling!

Telegram | @AJRLOYIXASI