Get Mystery Box with random crypto!

Yaxshi xulqlik bo’lish haqida. Abu Dardo (r.a.) Rasululloh ( | Ajr_istab_official

Yaxshi xulqlik bo’lish haqida.

Abu Dardo (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)dan rivoyat qilishicha, Rasululloh (s.a.v.): "Yaxshi axloqdan ko’ra tarozuni bosadigan hech narsa yo’qdir", deb marhamat qilganlar.

Abdulloh ibn Amr (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) foqish ham, mutafahhish ham emas edilar va "Sizlarning yaxshilaringiz - axloqi yoqimli bo’lganlaringizdir", der edilar".

Fohish - muomalada yoqimsiz kishi. Mutafahhish esa, shunday badxulqlikni qasddan qiluvchi kishi .

Abdulloh ibn Shu'ayb otasining Rasululloh (s.a.v.)dan shunday bir gapni eshitganini rivoyat qildi: Rasululloh (s.a.v.): "Men uchun eng sevimli bo’lganingiz va qiyomat kuni menga eng yaqin bo’luvchilaringiz kimligini aytib beraymi?" - deb so’raganlarida, sahobiylar jim turishdi. Rasululloh (s.a.v.) bu savollarini ikki yo uch martaba qaytarganlaridan keyin, ular: "Yo Rasululloh! Aytib bering", deyishdi. Rasululloh (s.a.v.): "Ular axloqda (xalqqa) yoqimliroq bo’lganlaringizdir", dedilar.

Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilishdi, u kishi aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Men yaxshi xulqlarni kamolotga yetkazish uchun payg'ambar bo’lib keldim", dedilar".

Rasululloh (s.a.v.)ga birov ozor bersa, unga yomon jazo berish o’rniga insof, tavfiq so’rab haqiga duo qilar ekanlar. Ammo Alloh taolo qaytargan ishlarni qilinsa yoki buyruqlarini bajarilmasa, shariat qonuni bo’yicha jazo berar edilar.

Imom Ismoil al-Buxoriy "Al-adab al-mufrad ".

Yaqinlaringizga ham ulashing! Bu amalda ham Ajr bor. Ajr istagan bo’lasiz!

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz orqali kuzating:
https://t.me/ajr_istab_official1