Get Mystery Box with random crypto!

Oshiqlar. Oshiq dillar bir-biriga zor bo'larkan, Chin oshiqqa | Ajoyib udar rasmlar va qushiqlar

Oshiqlar.

Oshiq dillar bir-biriga zor bo'larkan,
Chin oshiqqa baxt va omad yor bo'larkan.
Masofalar ajratganda sevishganlarni,
Sog'inchga davo faqat diydor bo'larkan.

Sevgisi va baxtga yetish yo'llarida,
Sarson bo'lar ekan hijron chullarida.
Bazan ermak bo'lib taqdir qo'llarida,
Sevishganlar bir-biriga zor bo'larkan.

Jonidan o'tganda hijron zarbalari,
O'qdek qadalganda yorning zardalari.
Malham bo'lmay o'zgalarning daldalari,
Oxiri berk kuchalarda xor bo'larkan.

Muhabbat va sadoqatdan deb kunglim to'q,
Lekin nega kuydiradi yurakni cho'q.
Sevilmoq bor sevish bor lek yetishmoq yo'q,
Diya zarra shafqatga intizor bo'larkan.

Vadalarni berib o'zi o'zlariga,
So'ngra vafo qilmay aytgan so'zlariga.
Keyin esa bir-birisiz ko'zlariga,
Hattoki bu keng dunyolar tor bo'larkan.

Bazan qalam yozmoqlikka bo'lib zayif,
Sher bitishga yetmaydi so'z yetmas harif.
Komola Qiz sherlariga izlab tarif,
Topgunicha yuragi tor mor bo'larkan.


- Admin Olimjon dan