Get Mystery Box with random crypto!

Xohlasangiz

Telegram kanalining logotibi ajoyib_qiz — Xohlasangiz X
Telegram kanalining logotibi ajoyib_qiz — Xohlasangiz
Kanal manzili: @ajoyib_qiz
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 7

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 10

2023-01-29 18:22:07
10 views15:22
Ochish/sharhlash
2023-01-29 18:19:47
10 views15:19
Ochish/sharhlash
2023-01-29 18:18:21
11 views15:18
Ochish/sharhlash
2023-01-29 18:17:43
10 views15:17
Ochish/sharhlash
2023-01-28 18:30:16
13 views15:30
Ochish/sharhlash
2023-01-28 18:21:05 Malikaning xiyonatidan gʻazablangan Shaxriyor har kecha yotogʻiga yangi maʼshuqa keltirishni buyuradi va ertalab uni qatl ettiradi. Navbat Shaxrizodaga kelganda, qiz behuda qon toʻkilishining oldini olish maqsadida shohga hikoya aytib bera boshlaydi va hikoya eng qiziq joyiga kelganda, tong otib, hikoya aytishni toʻxtatadi. Hikoyaning davomiga qiziqib qolgan Shahriyor qatlni keyingi kunga qoldiradi. Shu tariqa ming bir kecha oʻtadi. Shahrizodaning aklu zakovatidan lol qolgan Shahriyor unga uylanadi

Ming bir kecha (
13 views15:21
Ochish/sharhlash
2023-01-28 18:20:34 ​​𝗦𝗮𝗹𝗼𝗺𝗹𝗮𝘀𝗵𝗶𝘀𝗵

Ikki mo‘min bir-biriga duch kelganida, xoh tanish va xoh notanish bo‘lsin, salom berishlari kerak. Salomlashish sunnatdir. Bir kishiga salom berilsa, javobi farzi ayndir, ko‘p kishiga salom berilganida, bir kishi javob qaytarsa, kifoya.

Salomni “Assalomu alaykum!” yo “Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!” deb to‘liq aytish kerak. Javobda “Va alaykum assalom!” yo “Va alaykumus-salamu va rohmatullohi va barokatuh!” deyiladi. Javob albatta to‘liq aytiladi, qisqa qilib aytilmaydi. Javob kechiktirilsa, salom beruvchiga eshittirilmasa, farz gardandan tushmaydi.

Bir kishi ko‘pchilik mo‘minlarning oldiga kirsa, bir kishini emas, barchani qasd qilib salom beradi. Ammo ko‘chada va bozorda bir kishini xoslab salom bersa ham bo‘ladi. Agar bir kishi boshqa kishiga birovdan salom aytib yuborsa, o‘rtadagi odam salomni yetkizsa, darhol javob berish vojib. Agar maktubda salom bitilsa, u holda ham javob lozim bo‘ladi.

Salom berishda qo‘l, kaft, bosh bilan ishora qilinmaydi. Bunday qilish makruhdir.

Baland ovozda salom beriladi va javob ham salom beruvchiga eshitgiriladi. Agar karga yo gungga salom berilsa, ham ovoz chiqariladi, ham qo‘l bilan ishora qilinadi. Agar kar yo gung salom bersa, javobda ham talaffuz, ham ishora bo‘lishi kerak.

Katta kichikka, otliq (har qanday ulovdagi odam) piyodaga, yurgan o‘tirganga, boy kambag‘alga, ozchilik ko‘pchilikka salom beradi.

Begona kishi chiroyli xotinga salom bermaydi, agar u salom bersa, javob olmaydi. Xotinlarning ham bir-birlariga salom berishlari sunnatdir va javobi shartdir.

O‘n bir holatda salom berish makruh, javobi ham lozim emas:
— hojatxonadagi kishiga;
— junub holatdagi kishiga;
— uxlagan odamga;
— hammomdagi yuvuqsiz kishiga;
— taom yeb turgan kishiga (agar taom og‘zida bo‘lsa, salom bermaydi, taom og‘zida bo‘lmasa, salom joiz va javobi lozim);
— xutba o‘qiyotgan imomga;
— azon yo takbir aytib turgan muazzinga;
— namoz o‘qiyotgan kishiga;
— Qur’on o‘qiyotgan odamga;
— duo qilib turgan kishiga;
— hajga ihrom bog‘lagan odam “Labbayka” aytib turganida.

Musulmon kishi o‘zga dindagi odamga salom bermoqchi bo‘lsa, “Assalomu ‘ala manittaba’al huda — to‘g‘ri yo‘lda yuruvchiga salom!” deydi, undaylarga xat yuborilsa, maktub oxirida ham salomni shu tariqada yo‘llaydi, ammo “Assalomu alaykum” demaydi.

Agar g‘ayridin muslimga salom bersa, javobida “Va alaykum”dan boshqa so‘z aytilmaydi.

Xayrlashish vaqtida ham salom sunnatdir.

Muhammad Sodiq Rushdiy
«Yaxshi kishilar odobi» kitobidan olindi.
12 views15:20
Ochish/sharhlash
2023-01-28 18:19:46 Ruxsat so’rashlik - inkor etishlariga bir sabab, xolos
12 views15:19
Ochish/sharhlash
2023-01-28 18:19:41 - Menimcha, sen yoʻlda tugʻilgan boʻlsang kerak.
- Ha, qayerdan bilding?
- Chunki, baxtsiz hodisalarning koʻpchiligi yoʻlda sodir boʻladi..
12 views15:19
Ochish/sharhlash
2022-12-22 19:28:40 Tangri Taoloning «Ey Odam, sen o‘z jufting bilan jannatni maskan tutg‘ilkim,
unda ko‘nglung nimani tusasa taomlang‘il, osh bo‘lsin, ammo mana bu daraxtga zinhor
yaqin kelmag‘il, yaqin kelsang zolimlardan bo‘lursan», degan muqaddas kalomini
eslamog‘imiz joizdir. Yaqinlashmoqlik man’ etilgan mazkur daraxt nafs uchun bir
sinovdirki, bu balo g‘olib kelguday bo‘lsa odam bolasi umrining oxiriga qadar qaqshaydi.
Ne ajabki, Odam bolalari buni bilsalar-da, necha ming yillardan beri bu daraxtga
yaqinlashaveradilar, unga intilaveradilar. Bu intilish esa «sevgi-muhabbat tuyg‘usi»,
degan choyshabga o‘rab e’zozlanadi. Yaratganga bo‘lgan muhabbatdan ko‘ra bu tuyg‘u
ko‘proq sharaflanadi. Bu tuyg‘uning olib borar manzili bittagina — to‘shak... To‘shakdagi
oniy farog‘atni boqiy farog‘atdan afzal biluvchilar o‘zlariga zulm qilayotganlariga fahmlari
yetsami edi...

#Shaytanat @ajoyib_qiz
51 views16:28
Ochish/sharhlash