Get Mystery Box with random crypto!

Yusufning chiroyini ko’rgan Zulayhoning ko’zlari, Yusufdan o’z | Xohlasangiz

Yusufning chiroyini ko’rgan Zulayhoning ko’zlari, Yusufdan o’zga hech kimni va hech narsani ko’ra olmay qoldi.

Unga erisha olish uchun har bir yo’lni sinadi. Ammo ne foyda? Hayo egasi edi Yusuf. Robbiga hiyonat qilmas edi. Robbini qattiq sevar edi.

Barcha yo’llarni sinagan bo’lsa ham Zulayho Yusufga erisha olmadi aksincha, uni yo’qotdi. Misirning har bir ko’chalarida Yusufini izladi, izladi, izladi ammo topa olmadi. Zulayho Yusufni shunchalar sevardiki, uzoq masofadan uning hidini olar edi.

Yusufim, Yusufim, Yusufim deya deya yondi yuragi. Ko’zlari ojiz bo’lib qoldi, qalbi yonar edi, go’zalligini yo’qotdi. O’tgan ketgan odamlar, Yusufni ko’rdim seni unga olib boraman derdi. Ularga aldanib boyligini yo’qotdi. Ustidagi ko’ylagidan boshqa hech narsasi qolmagan edi.

Kunlar o’tdi, oylar o’tdi. Ko’z yoshining qalbiga berayotgan og’ir azobiga chiday olmadi, tiz cho’kti va ko’zlarini yumdi tomchi tomchi yosh ila;

“Ey Yusuf’ning Robbi! Meni eshityabsan bilaman. Sen mana shu toshdan yasalgan ilohlar kabi qadirsiz emassan. Sen juda go’zal va yagonasan. His qilyabman, menga Yusuf kabi yaqinsan, qalbim qadar yaqinsan, menga men qadar yaqinsan. Yo’q! Menga mendan ham yaqinsan. Sen mening qalbimdasan. Yo’q! Yo’q! Sen mening qalbimda emas, Sen mening qalbimsan. Ey Yusufning Robbi! Yuzi qoralarni ham qabul qilasanmi?”

Zulayho tushundi, asil muhabbatning Allah ekanligini. Bir kun, Allah uni Yusuf ila uchrashtirdi. Yusuf Zulayhoni ko’rgach;

“Bu senmisan Zulayho?” dedi.
“Bir vaqtlar men edim, ammo endi butuni ila sensan Yusuf!” dedi Zulayho.

So’ngra;
“Ey Yusuf! Men seni qidirayotib, Robbimni topdim. Endi esa, sensiz hayotga ham roziman.”

Yusuf esa;
“Endi meni tushundingmi Zulayho?” dedi.

Zulayhoning qudrat va azomat egasi Robbi uni avvalgi chiroyiga qaytardi. Ko’zlari qayta ko’ra boshladi. Qalbi esa, faqatgina “Allah” deya urar edi.

Azizim, sevgi sabrdir, tavakkuldir, duodir. Sevgi Allah’dir. Bir qalbga ikki sevgini sig’dirib bo’lmaydi. Allah’dan o’zgasini sevsangiz, Uning rashki keladi.

Zulayho Yusufni sevar edi lekin, unga erisha olmadi. So’ngra Zulayho, Allah’ni tanidi va sevdi. Shunchalar sevdiki, qalbiga Undan boshqa bir sevgini sig’dira olmadi.

@ajoyib_qiz ᥫᩣ