Get Mystery Box with random crypto!

IT• BLOG

Telegram kanalining logotibi ajitblog — IT• BLOG I
Telegram kanalining logotibi ajitblog — IT• BLOG
Kanal manzili: @ajitblog
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3
Kanalning ta’rifi

AJDEVELOPERS
Aloqa uchun @Amirkulov_bot
IT, frilanserlik, dasturlash, va sohadagi qaynoq yangiliklar.

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2021-09-21 21:26:52
#python
Dasturlashni o'rganishingiz uchun juda foydali sayt va kerakli sayt. Ushbu sayt orqali siz Python dasturini pul sarflamasdan, deyarli qiyinchiliklarsiz o'rganishingiz va tajribaingizni ham oshirishingiz ham mumkin.

Link: python-scripts.com
26 views18:26
Ochish/sharhlash
2021-07-31 16:19:53
Tesla'ning avtopilot tizimi Oyni svetoforning sariq chirog'i bilan adashtiryapti

Tesla elektromobilining avtopilot navigatsiya tizimidagi ushbu xatolik haqida, elektromobil egalaridan biri Jordan Nelson o'z Twitter'ida xabar berdi.

Haydovchi ijtimoiy tarmoqqa videoni joylashtirdi va avtopilot qanday qilib Yerning tabiiy yo'ldoshini svetofor bilan adashtirib yuborganligini ko'rsatdi. Videoda ko'rishingiz mumkin Oy ufqdan ancha pastda joylashgan, mashina esa Oyga yuzlanib harakatlanayotgan edi. Shu sababli elektromobil uni sariq svetofor deb adashtirib, mashinani sekinlatmoqda.

Avtopilot — haydovchiga yordam berish tizimidir. Ammo ishlab chiqaruvchilar, hech qachon qo'llarni ruldan olmaslik kerakligi haqida ogohlantiradi. Kim biladi, texnika baribir texnikada.
56 views13:19
Ochish/sharhlash
2021-07-22 06:20:16 Xitoyning eng badavlat tadbirkorlaridan biri vafot etdi. Bankda uning 1.9 milliard (1.900.0000 $) dollarga yaqin puli ayoliga meros boʻlib qoldi. U ayol erining haydovchisiga turmushga chiqdi.

SHOFYOR:
- “HAYOTIM DAVOMIDA XOʻJAYINGA XIZMAT QILDIM, DEB OʻYLAB YURARDIM... BILSAM, XOʻJAYINIM BUTUN UMRI MEN UCHUN TER TOʻKKAN EKAN” - dedi.

@AJITBLOG
47 views03:20
Ochish/sharhlash
2021-07-20 19:56:42 Hayotning 5 oltin qoidasi

1. Ishoning – hayotda nimaga qo'l urmang, sizda ishonch bo'lmasa katta yutuqlarga erisholmaysiz.

2. Tinglang – har doim biron narsa haqida fikr bildirishdan avval boshqalar fikriga quloq tuting. Chunki atrofdagilar siz bilmaydigan narsalarni bilishi mumkin.

3. Jamg'aring – biron narsa uchun pul sarflashdan oldin shunga yetadigan miqdorda pul toping.

4. O'ylang – nimanidir boshlashdan avval yaxshilab o'ylang, ishlaringizni rejalashtiring. Natijada barcha ishlaringizni nazoratingiz ostida saqlay olasiz.

5. Tekshiring – har doim nimadir qilishda kichik detallarigacha tekshiring, zero, kichik kamchiliklar katta xatolarga olib kelmasin.

@AJITBLOG
44 views16:56
Ochish/sharhlash
2021-07-20 08:04:41
Qurbon hayiti muborak boʻlsin!

Qadrli vatandoshlar! butun Islom olami qatorida, din-u diyonatli, eʼtiqodi mustahkam xalqimiz katta intiqlik bilan kutib olayotgan muborak Qurbon hayiti bilan siz azizlarni va yurtimizdagi barcha musulmonlarni samimiy muborakbod etadi.

Ushbu qutlugʻ ayyomda barchangizga sihat-salomatlik, baxt-u saodat, oilangizga fayz-baraka va tinchlik-xotirjamlik tilab qolamiz.

Qilajak ezgu duolaringizning barchasi qabul boʻlishiga tilakdoshmiz.
37 views05:04
Ochish/sharhlash
2021-07-19 12:24:00
Ijtimoiy tarmoqlarda ko'p ishlatilyotgan so'zlar.

Blog — onlayn jurnal, internet kundalik.

Bloger — oʻz qarashlarini internetdagi ma'lum bir platformada doimiy ravishda e'lon qiladigan kishi.

Post — bloger taqdim etib boradigan materiallar.

Hashtag — ijtimoiy tarmoqlarda mavzu boʻyicha xabarlarni tarqatishda foydalaniladigan yorliq.

Vebinar — toʻgʻridan-toʻgʻri mashgʻulot.

Dayjest — ma'lum bir mavzu boʻyicha eng qiziqarli nashrlarni yetkazadigan qisqa maqola.


@AJITBLOG
36 views09:24
Ochish/sharhlash
2021-07-18 21:10:21
Microsoft o'zining emodjilarini qayta ko'rib chiqmoqda

Bir necha kunlar oldin Windows 11 promosi bilan barchani hayratda qoldirgan Microsoft kompaniyasi, endi emodjilarni ham yangilamoqda.

Emodjilar ko'rinishidan yomon emas, ular go'yo 3D kabi jonli multfilmlarga o'xshashadi. Bu katta ehtimol bilan jahon emodji bozoriga katta ultimatum bo'ladi.

Nima ham derdik, zamon senga boqmasa, sen zamonga boq deyishadiku, Microsoft'ni hali beri trenddan tushish niyyati yo'q ko'rinadi :)
37 views18:10
Ochish/sharhlash
2021-07-18 21:06:17
Iphone VS Samsung sizningcha qay biri kuchli?

Barchamiz uchun birdek foydali va taniqlik boʻlgan ushbu ikki mahsulot bugungi kunimizda oʻz oʻrniga egallay olgan mahsulotlardan hisoblanadi.

Xoʻsh sizningcha qay biri kuchli?

Dizayn boʻyicha. Ikkala mahsulotda ham dizayn darajasi bir xil hisoblanadi (1:1).

Operatsion tizim. IOS buning uchun bir ozgina yopiq va qiyinroq, Samsung esa ochiq va yengilroq hisoblanadi (1:2).

Kameralar. Bu jihatdan Samsung anchagina ustunroq hisoblanadi va uning “zoom” yaqinlashtirib koʻrsatish funksiyasi Appleʼnikidan anchagina yaxshi (1:3).

Himoya boʻyicha. Bunga shak-shubhasiz Apple kuchli desak ham boʻladi. Chunki, u oʻz maʼlumoltariga juda qizgʻanchiq:) (2:3).

Narx. Bozor narxi boʻyicha esa albatta Samsung ustunlikni qoʻlga kirita oladi. Chunki uning mahsulotlari raqibiga qaraganda arzonroq hisoblanadi (2:4).

Hulosa qilishni esa oʻzingizga qoldiramiz

@AJITBLOG
35 views18:06
Ochish/sharhlash
2021-07-18 20:58:00 Sen dangasa emassan

1. Shunchaki zerikish nimaligi bilmaysan. Miyang stimullarga to'lib ketgan. O'zi miya doim biron nima bilan mashg'ul bo'lgisi keladi. Muammolarni yechish, idea o'ylash, ish bajarish, xayol surish, atrofni tahlil qilish.

2. Zerikishni boshlasa albatta yuqoridagilarni biri bilan shug'ullanishni xohlaydi. Lekin...

3. Oxirgi marta qachon zerikkan eding? Qancha vaqtga? Javob ancha oldin va juda qisqa vaqtga bo'lib chiqadi.

4. Hozirgilar zerikish paydo bo'lishi bilan smartfoniga qo'l uzatishadi. Zaryadning tugashi och qolishdan ham qo'rqinchliroq. O'zingni va tanishlaringni telefonini titkilab ko'r - ekranga kuniga 6-8 soat qarayotgan bo'lib chiqishadi. Hammamizda shunday.

5. Miyamiz doimiy stimul, yangilik, qiziqarli lekin kerakmas ma'lumotlarga to'lib ketgan. Vaholanki senga ma'lumot emas, 4 oydan beri qalashib yotgan ishlaringni qilish muhimroq.

6. Ishlashni o'rganmoqchimisan? - zerikishni o'rgan. Buning uchun smartfoningni yaqin do'stingga ber. Ishing (kitob, kurs, blog, dars) tugagandan keyin qaytarib bersin.

7. Ha, ha, seni dangasalikda gumon qilayotgan har qanday odamga shu maqolani ko'rsatishing mumkin. Sen aslida dangasa emassan, zerikishni bilmaysan xolos.

Stimul - qo'zg'atish vazifasini bajaruvchi har qanday narsa. Mashinaning gaziga o'xshatsa bo'ladi.

@AJITBLOG
29 views17:58
Ochish/sharhlash
2021-07-18 20:53:44
Birlashgan Arab Amirliklarida yomg'irni sun'iy yo'l bilan chaqirish texnologiyasi sinab ko'rildi.

— BAA-da yog'ingarchilikni sun'iy keltirib chiqaruvchi yangi texnologiyalarni sinovdan o'tkazish sababli, quruq yoz mavsumida, havoning 50°C issiq bo'lishiga qaramay uning ko'plab shaharlarida chorshanba kunidan beri kuchli yomg'ir yog'moqda.

— Ta'kidlash joizki, BAA hokimiyati shu yilning bahoridan boshlab issiq va qurg'oqchil hududlarda yomg'ir yog'diruvchi yangi texnologiyalarni faol ravishda sinab ko'rishni boshladi. Ushbu ajoyib texnologiyaning asosini dronlar tashkil qiladi. Ular hech qanday kimyoviy birikmalarsiz bulutlarni elektr razryadlari yordamida o'ziga jalb qila oladi va yomg'ir yog'ishi ehtimolini oshiradi.

— Ushbu sinovlar Dubaydagi SANAD akademiyasi tomonidan Britaniyaning Reading universiteti olimlari bilan hamkorlikda o'tkazilmoqda.
@AJITBLOG
29 views17:53
Ochish/sharhlash