Get Mystery Box with random crypto!

Dasturchilarning kelajagi qanaqa? Ishsiz qolasizmi? Yohud “La | 🤖 AI Uzbekistan | UZB

Dasturchilarning kelajagi qanaqa? Ishsiz qolasizmi?
Yohud “Layofflar, ChatGPT va boshqalar haqida”

Katta katta korxonalar minglab ishchilarini haydab yuborishyapti. Undan tashqari ChatGPT va boshqa AI loyihalar shiddat bilan rivojlanmoqda. Huddi 3-4 yil ichida dasturchilarga talab qolmaydigandek. Keling shu haqida ozgina fikrlashamiz.

Amazon bu yili 27000 ishchisini ishdan ketqizdi. Meta o’tgan yili Noyabrda 11 mingtani ketqizgan, yaqinda yana 10 mingtani. Google 12mingta ishchisini ketqizgan. Bu raqamlar kichik raqamlar emas. Ahvol qo’rqinchiliga o’xshaydi. Rostdan shundaymi? Bunga nima sabab? Menimcha buning sababi 2ta:

- Covid
- Dunyodagi makroekonomik xolat (Ukrainadagi urush)

Covid boshlanganda odamlar asosan uyda vaqtlarini sarflashni boshlashdi va internet hizmatlariga bo’lgan talab kutilmaganda juda katta tezlikda o’sishni boshladi. Talab ko’paydi degani ish ko’paydi degani. Shu talabni qoniqtirish uchun yani ko’proq pul topish uchun kompaniyalar ham kutilgandan ancha ko’proq ishchilarni tezroq ishga olishni boshlashdi. Masalan Amazon 2021da 310000ta ishchi, 2020da esa yarim million ishchi olgan. 2021 ohirida Amazonda 1.6 million ishchi bo’lgan, ularning 300000tasi ofis ishchilari (dasturchilar va hokazo).

Hozirgi kunda esa Covid chegarali 100% olib tashlangan. Natijada odamlar uyda kamroq vaqt sarflashyapti va internet xizmatlaridan kamroq foydalanishyapti. U degani kompaniyalar xizmatlariga talab kamaygan. Uning ustiga Ukraindagi urush dunyodagi makroekonomik xolatga ancha tasir o’tkazyapti. Natijada kompaniyalarda foyda kutilgandan ancha kamaygan. Shuning uchun ham eng katta harajatlardan biri bo’lgan ishchilarni ketkazib yuborishyapti.

Bundan 2ta xuloasa qilish mumkin. Ohirgi yilni emas, ohirgi 2-3 yilni oladigan bo’lsak kompaniyalar yaxshigina o’sgan, pasaymagan. Qachondir dunyodagi holat sal yaxshilanishni boshlaganda bu kompaniyalar yana ishchi olishda va yanada ko’proq o’sishda davom etadi. Agar dunyoda holat yaxshilanmasa nafaqat dasturchilar, nafaqat bu kompaniyalar, boshqa kompaniyalar ham, boshqa ishchilar ham qiynalishadi.

ChatGPT va dasturchilarning ishsiz qolishiga keladigan bo’lsak. Mening bu sohada bilimim kam, shuning uchun tajribaliroq tanishlardan so’rab ko’rdim. Bir hamkasbimda Zurichning ETH universitetida (Einstein o’qigan) Machine Learning bilan shug’illanidagn PhD o’rtog’i bor ekan. Uning aytishi bo’yicha hozirgi modellar “dogshit” emish, yani yumshoq qilib aytadigan bo’lsak “ishga uncha yaramaydi”. Dasturlash kontekstida berayotgan javoblari juda ham noaniq. Ayniqsa savollar qiyinlashgan sari. Hali uni qiyin sistemalar quradigan darajaga olib kelish uchun ko’p vaqt va ish kerak ekan. Bu vaqtlar kelgan taqdirda ham dasturchilarga talab kamaymaydi. Dasturchilar uchun bu AI sistemalar yordamchi bo’ladi. Dasturchilar ishsiz qolmaydi, ular qilayotgan ishlar o’zgaradi.

@jakhonrakhmonov