Get Mystery Box with random crypto!

Begim desam,ming beklardan a'loyimsiz, Yuragimda ishqdan bunyo | 🕊🌼𝙰𝚒𝚜𝚑𝚊𝚖🌼🕊

Begim desam,ming beklardan a'loyimsiz,
Yuragimda ishqdan bunyod saroyimsiz,
Tenglar ichra tengi yo'q bahoyimsiz,
Go'zal hurlar yashaydigan jannatlarda,
Erkagina xotiningiz tanlaysizmi?

Umrim ko'nglim sizga tamom bag'ishlasam,
Chorlasangiz...Qay yurt bo'lsa va yashasam
Tirilsam-u,qo'lingizda sokin o'lsam,
Mendan go'zal,mendan a'lo qiz ko'rganda
O'shanda ham meni qayta tanlaysizmi?

Bag'ringizga hadya qilsam ummatlarni,
Sizni suyib his qilolsam muhabbatni,
Rabbim bersa ibodatni,hidoyatni
Qaramasdan kamchilik-u xatolarga
Jannatlarda meni yana tanlaysizmi?


#Xonzodabegim_Jamolova

@aisha_humayroo