Get Mystery Box with random crypto!

Bu yil OTM larga kirish ballari tushish ehtimoli bor. Abituriy | Ahmadjonov.uz

Bu yil OTM larga kirish ballari tushish ehtimoli bor. Abituriyentlar kamroq, OTM tanlovi esa ko’proq.

Yuqoridagi holatlarga ta’sir etuvchi omillarga to’xtalsak:

Chunki bu yilda bitiruvchilar soni o'tgan yilgiga qaraganda 61.4 mingtaga kam. Solishtirish uchun o‘tgan yili 11- sinflarni 454,3 ming nafar o‘quvchi tamomlagan, bu yil esa 11- sinfni 392,9 ming nafar o‘quvchi bitiradi (Qizlar - 209,6 ming — 53,3%, bolalar - 183,3 ming — 46,7%). Bu degani, universitetga hujjat topshiruvchilar va belgilangan kvotalarga bo'lgan raqobat kamayishi mumkinligini bildiradi (biroq, oldingi yillarda bitirib bu yil o'qishga kirmoqchi bo'lganlarni ham hisobga olish kerak).

2022-2023 o'quv yili uchun davlat OTMlariga qabul rejasi 1-iyungacha tasdiqlanishi kutilmoqda (qiziq jihati, qarorda bakalavriyat uchun qabul rejasi o’tgan yilgidan kam ko’rsatilgan va u tasdiqlansa unda yana eski holat qaytarilishi mumkin), ma’lumot uchun 2021-2022 o'quv yili uchun kunduzgi ta'lim shaklida qabul rejasi: 113 530 nafar bo’lgan edi. Shuningdek o’tgan yili barcha turdagi ta’lim shakli bilan olib qaralganda 182 ming yoshlarni o’qishga qabul qilish imkoniyati yaratilgan va u talabalikka qamrovning 28% ini tashkil etgan.

Qo’shimcha qilish mumkinki, umumiy talabalikka qamrovning 10% dan ortig’i nodavlat OTMlar hissasiga to’g’ri kelgan va ularga qabul qilinganlar soni 20 ming atrofida bo’lgan. Qayd etish kerakki, o’tgan yili avgust oyi holatiga ko’ra bunday OTM lar 9 tani tashkil etgan bo’lsa, hozirda ta’lim inspeksiyasi tomonidan faoliyati litsenziyalangan nodavlat OTM lar soni 34 ga yetgan. Yuqoridagi ko’rsatkichlar asosida hamda bu yildan ta’lim tili o’zbek va rus tillarida bo’lgan nodavlat OTM lar sonining ortganini hisobga olsak, bu yil nodavlat OTM larga umumiy qamrovning 30% dan oshig’i to’g’ri kelishi mumkin. Biroq, har doimgidek potensial talabalar uchun raqobat barcha OTM lar orasida kuchli bo’lishi aniq.

P.S. OTM lar soni va qabul kvotalarining oshishi OTM lar o’rtasida raqobatni va abituriyentlar uchun tanlovni oshishiga olib keladi. Bu esa universitelarni sifatli ta’limga urg’u qaratishlariga va o’qish uchun qulay sharoit yaratishga harakat qilishlariga undaydi. Va bu jarayon umumiy holda ta’lim sifati va darajasi oshishiga sababchi bo’ladi.

@ahmadjonovuz