Get Mystery Box with random crypto!

Siqilmanglar endi, birinchisi emasku axir... Men negadir hur | G'ayratulloh Ahmadjon

Siqilmanglar endi, birinchisi emasku axir...

Men negadir hursandman bu mag'lubiyatdan, chunki g'alabaning foydasidan ko'ra ziyoni ko'proq bo'ladigandek tuyulayotgan edi. Vetnamni yutib, chempion bo'lgan jamoadan deyarli hech kim yorqin o'yinchi bo'lib ketmadi. Ulardan kutilgan potensial orzuligicha qolib ketdi. Agar bu jamoa ham g'olib bo'lganida, pul va avtobilni qabul qilib olgach balki yana shu xolat qaytariladi degan o'yda edim. Umid qilamanki endi bu mag'lubiyat bu yigitlarni o'zlari ustida yanada ko'proq ishlashlariga yaxshigina sabab bo'lib xizmat qiladi.

Qolaversa, ularga beriladigan mukofotlarning xaqqi doimgidek soliq to'lovchilar, ya'ni oddiy xalq bo'yniga tushar edi. Busiz ham iqtisodiy qiyinchilik yetarlicha bo'lib turgan bir paytda, bu mag'lubiyat, mening nazarimda O'zbek xalqi uchun g'alabaga teng.

Soliq to'lovchilar tabriklayman :)

@Ahmadjonovs