Get Mystery Box with random crypto!

Salkam

Telegram kanalining logotibi ahmadalimuhammad — Salkam S
Telegram kanalining logotibi ahmadalimuhammad — Salkam
Kanal manzili: @ahmadalimuhammad
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 9
Kanalning ta’rifi

Танка ва Хокку жанри ижодкори.
Фристайл (англ. freestyle — эркин услуб) - йўналиши асосчиси.
Муаллиф ижоди рукнлари:
#фристайл
#танка
#хокку
#fristayl
#tanka
#hokku

Ratings & Reviews

5.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

3

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-01-07 17:37:32 Live stream started
14:37
Ochish/sharhlash
2023-01-07 16:53:14 #hokku

"mendan xafa bo'lmang
o'zimning xafaligim yetadi
o'zimdan".

2023

Ahmad Ali Muhammad
57 views13:53
Ochish/sharhlash
2023-01-07 14:05:53 #tanka

men bugun
xursandman
xursand bo'lganimda
seni o'ylamaslikka
harakat qilaman.

2023

Ahmad Ali Muhammad
55 views11:05
Ochish/sharhlash
2023-01-07 13:51:08 #fristayl

agar
hozir
ishlarimni to'xtatib
sen tomonga
yurishni boshlasam
o'ylaymanki
o'lgunimcha
senga
yetaman.

agar
hozir
ishlaringni to'xtatib
men tomonga
yurishni boshlasang
o'ylaymanki
menga
yetasan.

ammo
biz
hozir
yurishni
boshlamaymiz.

uchrashmasligimizni
oddiyligini
qara.

2023

Ahmad Ali Muhammad
46 views10:51
Ochish/sharhlash
2023-01-06 20:54:46 #tanka

endi meni
qanday sevasan?
men
hammasini
yozmoqdaman-ku.

2023

Ahmad Ali Muhammad
50 views17:54
Ochish/sharhlash
2023-01-06 20:31:32 endi menga topilib qolma
mening yo'limdan chiqma endi
o'zingni menga topib berma
zotan
qanday ham topilarding?
men
seni
izlamayotgan bo'lsam!
ha, men endi seni izlamayman.

Ahmad Ali Muhammad
48 views17:31
Ochish/sharhlash
2023-01-06 20:27:53 #fristayl

seni sevib qolganimni
kulib eslagim keladi
naqadar jinni bo'lganman-a
g'alati narsalar yozganman
tanka, hokku, fristayl
deb
kulib eslagim keladi
boshqa qiz qurib qolganmidi
kelib-kelib
seni sevibman-a
deb kulib eslagim keladi
dunyo to'la qiz!
balo bormidi seni sevib
deb kulib eslagim keladi
o'zi tayinli bir go'zal ham emassan
deb kulib eslagim keladi
seni sevib qolganimni.

ammo
hozir yig'lagim kelyapti
eslasam.

2023

Ahmad Ali Muhammad
48 views17:27
Ochish/sharhlash
2023-01-06 20:11:49 #fristayl

bu yildan
seni izlamayman
deb va'da berdim o'zimga
olti kun o'tdi.
yettinchi kun o'tarmikan?
ikki soat qoldi.
ikki soatdan keyin
yetti kun
bo'ladi
seni izlamaganimga.
men seni endi
izlamayman.

endi menga topilib qolma
mening yo'limdan chiqma endi
o'zingni menga topib berma
zotan
qanday ham topilarding?
men
seni
izlamayotgan bo'lsam!
ha, men endi seni izlamayman.
olti kun bo'ldi
seni izlamayotganimga
ikki soat keyin esa
yetti kun bo'ladi.

2023

Ahmad Ali Muhammad
46 views17:11
Ochish/sharhlash
2023-01-06 16:37:58 #hokku

"mensiz ham
baxtli
emassan-ku".

2023

Ahmad Ali Muhammad
46 views13:37
Ochish/sharhlash
2023-01-06 09:36:48 #hokku

"sen
hali o'lmading
qo'rqma".

2023

Ahmad Ali Muhammad
48 views06:36
Ochish/sharhlash