Get Mystery Box with random crypto!

QIZIQ FAKTLAR Pomidor bir paytlar zaharli sanalgan. Limonda | Agro-Olam.Uz | Расмий канал

QIZIQ FAKTLAR

Pomidor bir paytlar zaharli sanalgan.
Limonda shakar miqdori qulupnaydagidan ko‘proq.
Asal hyech qachon eskirmaydi.
“Apelsin” so‘zi golland tilidan tarjima qilganda “Xitoy olmasi” ma'nosini anglatadi.
Olmada antioksidantlar banandagiga qaraganda besh barobar ko‘proq.
Mevalarni o‘rganuvchi fan “pomologiya” deb ataladi.
Aslini olganda, meva – bu daraxt yoki butaning urug‘ joylashgan qismidir. Ya'ni, ichida urug‘ bor bo‘lsa – meva bo‘ladi.
“Sabzavot” esa, aslida, pazandachilikka oid atama. Ya'ni, biz “sabzavot” deb umumlashtirib aytadiganimiz – bu o‘simlikning ildizi, poyasi, bargi va hokazo bo‘lishi mumkin. Uy bekalari esa, ko‘p hollarda, shirin bo‘lsa – meva, qolgani – sabzavot deb sanaydilar.
Qahva donalari, aslida, don emas. U mevaning danagi sanaladi.
Dunyoda eng keng tarqalgan meva – bu olma. Markaziy Osiyo hududida paydo bo‘lgan olma butun olamga tarqalgan va hozirga kelib eng ko‘p ekiladigan meva daraxti sanaladi.

#bu_qiziq #faktlar

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram