Get Mystery Box with random crypto!

Quyoshli kunlar soni, unumdor tuproq kabi omillar O'zbekistond | AGROBIZNES BLOGI

Quyoshli kunlar soni, unumdor tuproq kabi omillar O'zbekistonda fermerlarga katta miqdordagi meva-sabzavot yetishtirish imkonini beradi. Darhaqiqat, O'zbekiston qishloq xo'jaligi mamlakat YaIMning 30 foizdan ortig'ini ishlab chiqaradi va mamlakat ishchi kuchining 30 foizdan ortig'ini tashkil etadi.
Mahalliy agrobiznesning imkoniyatlarini kengaytirish va ularning bilim, malakasi va salohiyatini oshirish maqsadida 2022 yil 22-25 avgust kunlari USAID agrobiznesni rivojlantirish loyihasi Sirdaryo, Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarida 140 ga yaqin fermer va qishloq xo'jaligi egalarini jalb qilgan holda moliyaviy savodxonlik va biznesni rejalashtirish bo'yicha trening o'tkazdi.
Treninglar biznesni rivojlantirish bo'yicha maslahatchi Dilnoza Normatova tomonidan olib borildi va fermerlarning korxonalarni moliyaviy boshqarish, investitsiyalar va boshlang'ich g'oyalarni yaratish bo'yicha tushuntirish ishlari olib borildi.