Get Mystery Box with random crypto!

'Suvchilar maktabi'ning 2-mavsumi start olmoqda! Xabaringiz b | Agrobank

"Suvchilar maktabi"ning 2-mavsumi start olmoqda!

Xabaringiz bor, o'tgan yilning may oyida Prezidentimiz tashabbusi bilan Agrobank tomonidan Suv xo‘jaligi vazirligi, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti milliy tadqiqot universiteti bilan hamkorlikda yangi loyiha — “Suvchilar maktabi” tashkil etilgan edi.

O'tgan davr mobaynida mazkur maktab o'quv kurslarida respublikamizning 155 ta tumanida 61 mingdan ziyod fermer xo'jaliklari rahbar va xodimlari o'qitildi. Ikkinchi bosqich 2024–2030-yillarga moʻljallangan boʻlib, asosiy maqsad har yili 10 ming nafardan ortiq tinglovchilarda chuqur amaliy koʻnikmalarni shakllantirishga qaratilgan boʻladi.

"Suvchilar maktabi" 2-mavsumining ochilish marosimi ertaga, soat 10:00 da Suv xo'jaligi vazirligi binosida bo‘lib o‘tadi

Telegram | Instagram | Sayt