Get Mystery Box with random crypto!

Osiyo o‘yinlari translyatsiyasi bosh homiysi — Agrobank! So | Agrobank

Osiyo o‘yinlari translyatsiyasi bosh homiysi — Agrobank!

So‘nggi kunlarda sportga oid telekanallarning dolzarb mavzusiga aylangan Osiyo o‘yinlarini ko‘plab muxlislar, shu jumladan, sportchilarni qo‘llab-quvvatlashni maqsad qilib qo‘ygan yurtdoshlarimiz ishtiyoq bilan kutishmoqda.

Agrobank ushbu musobaqa O‘zbekistonga ko‘plab g‘alabalar olib kelishida o‘z hissasini qo‘shish uchun o‘yinlarning yurtimizda translyatsiya qilinishi bo‘yicha bosh homiyga aylandi.

Xanchjou shahrida o‘tkaziladigan qitʼaning eng yirik sport musobaqasi 23 - sentabrdan 8 - oktabrga qadar davom etib, dasturga 40 ta sport turi, 61 ta yo‘nalish va 483 ta tadbir kiritilgan.

O'zbekistondan 350 ta sportchimiz 38 ta sport turi bo'yicha ishtirok etishmoqda. Ularga omad tilab qolgan holda, o'yinlar translyatsiyasi xonadonlaringizga xursandchilik shukuhini olib keladi degan umiddamiz