Get Mystery Box with random crypto!

TOMORQADAN YILIGA 80 MLN SO‘MGACHA DAROMAD TOPAYOTGAN HANIFAXO | Агро хаёт

TOMORQADAN YILIGA 80 MLN SO‘MGACHA DAROMAD TOPAYOTGAN HANIFAXON

Keyingi yillarda tomorqachilikni rivojlantirishga davlat darajasida e'tibor qaratilmoqda. Misol uchun, Andijonning aksariyat mahallalarida tomorqachilik oila daromadining muhim asosi hisoblanadi.

Andijon viloyatida ayni paytda 601 mingta xonadonning jami 25,6 ming gektar tomorqa yerlari mavjud bo‘lib, ularning 60 foizida 3 martadan, qolgan 40 foizida esa 2 martadan hosil olishga erishildi.

Qolaversa, 14 ming xonadonda yengil konstruksiyali issiqxonalar tashkil etilib, aholining 183 gektar tomorqa yerlarida 2-3 martadan hosil olishi uchun ko‘maklashildi.

#qishloq_xojaligi #tomorqa #issiqxona #Andijon

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram