Get Mystery Box with random crypto!

Hurmatli vatandoshlar, barchangizni 9-may – Xotira va qadrlash | Агро хаёт

Hurmatli vatandoshlar, barchangizni 9-may – Xotira va qadrlash kuni bilan samimiy tabriklayman!

Bu kunni nishonlashdan koʻzlangan bosh maqsad – Vatanimiz ozodligi va ravnaqi yoʻlida jonini fido etgan insonlarni xotirlash, oramizda umrguzaronlik qilib kelayotgan yurtdoshlarimizning fidokorona mehnatini qadrlash, tinchlikning qadriga yetish, osoyishta hayotimiz, turmush farovonligining shukronasini qilishdan iborat. Bu har qanday kishini maʼnan ragʻbatlantiradi, uni yashashga, yaratishga, el-u yurtga sadoqat va shijoat bilan xizmat qilishga undaydi.

Ushbu sana munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni, xususan, mamlakatimiz qishloq xoʻjaligida uzoq yillar samarali mehnat qilib, soha rivojiga oʻzining munosib hissasini qoʻshgan, bir-biridan ilmli va Vatan ravnaqi yoʻliga tinmay xizmat qilib kelayotgan sadoqatli shogirdlar yetishtirgan, ayni paytda nafaqat farzandlarining, balki yurtdoshlarimizning eʼzoz-u eʼtiborida boʻlgan fidoyi faxriylarimizni va sohamizda faoliyat yuritayotgan barcha xodimlarni Qishloq xoʻjaligi vazirligi nomidan samimiy tabriklayman!

Barchangizga tan sihatlik, uzoq umr, xonadonlaringizdan baxt-omad, qut-baraka arimasligini tilayman. Doimo yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo boʻlsin!

O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vaziri Aziz Voitov

Vebsayt • Telegram • Facebook • YouTube • Instagram